Statsionar

Statsionar


Klinika shifokorlari nafaqat maslahat berib ambulator sharoitda davolaydilar, balki zarur bo’lganda biz bemorlarimizga statsionar davoni ham taqdim etamiz. Hamma kasalliklarni ham ambulator sharoitlarda davolab bo’lmaydi. Ba’zi surunkali terapevtik, nevrologik, endokrinologik kasalliklarga ega bo’lgan bemorlar kasallikning kuchayishi tufayli bemor ahvolini stabillashtirish, terapiyani tanlash va keyingi reabilitatsiyani amalga oshirish uchun uzoq muddatli davo va mutaxassislarining doimiy nazorati ostida bo’lishga muhtojlar. Bu xizmatlarni bizning statsionarda olish mumkin.

Statsionar 4 qavat va 100 o’rindan iborat. Palatalar xodimlarni tezkor chaqirish pulti, alohida hojatxona va dushxonalar, televizor va havo sovitgichlari bilan jihozlangan, hamda internetga ulanish imkoniyati mavjud.

  

1-qavatda diagnostika va laboratoriya bo’limlari, hamda kunduzgi statsionar joylashgan.

2-qavatda terapiya va fizioterapiya bo’limlari joylashgan.

3-qavatdan nevrologiya bo’limi o’rin egallagan.

4-qavatda endokrinologiya bo’limi joylashgan.