Traksion terapiya (umurtqani cho’zish)
Traksion terapiya umurtqa pog’onasiga davolash ta’sir metodlari ichida eng samaralilari toifasiga kiradi, ayniqsa, kompression sindromlarda.
Kurs 6-10 seansdan iborat. Bemorni qiya tekislikka joylashtiradilar va og’irlik kuchi ta’siri ostida tana sirg’aladi va buning oqibatida umurtqaning quruq tortilishi ro’y beradi. Har kuni yoki kunora bir soat davom etadigan umurtqani traksion stol yordamida bo’lib-bo’lib tortish seanslari o’tkaziladi. Traksiya kuchi 15-20 kgdan boshlanib, har kuni 3-5 kg qo’shib boriladi va asta-sekin tana massasining yarmiga teng miqdordagi og’irlikka yetkaziladi. Traksion davolash mushaklar spazmi, disk ichi bosimini tushirish, protruziya va disk churrasining kichrayishi, umurtqa-harakat segmentining patologik og’riqli impulsatsiyasini yo’qotishga qaratilgan.