Davolovchi jismoniy tarbiya

Davolovchi jismoniy tarbiya

 Davolovchi jismoniy tarbiya (DJT) bu- maxsus tanlangan va ishlab chiqilgan jismoniy mashqlarga asoslangan davolash, profilaktika va tibbiy reabilitatsiya metodlari majmuasidir. Bu muolajani tayinlashda shifokor kasallik xususiyatlari, organ va tizimlardagi kasallanish jarayonining xarakteri, darajasi va bosqichiga alohida e’tibor qaratadi.

 DJTni ixtiyoriy ravishda boshlash tavsiya qilinmaydi, zero u ahvolning yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Shifokor tomonidan tayinlangan mashg’ulotlar metodikasiga qat’iy rioya qilish zarur.