Laboratoriya
Laboratoriya bo`limi zamonaviy uskunalar bilan jixozlangan bolib unda xar xil taxlil usullari qo`llaniladi. Klinik-bioximiya laboratoriyasida qonning bir qator taxlillari tekshirilib, ular ba’zi kasalliklarni aniqlashda qo`llaniladi. Fermentlar: aspartattransaminaza (AST), alanintransaminaza (ALT), Gamma-glutamiltransferaza (GGT), shelochnaya fosfataza. Oksil almashinuvining kursatkichlari: umumiy oksil, mochevina, kreatinin. Qonda umumiy, bog`langan, bog`lanmagan bilirubin miqdori aniqlanadi. Buyrak faoliyatini aniqlash uchun «Proba Reberga» sinamasi tekshiriladi. Revmatizm taxliliga «Revmoproba» sinamasi tekshiriladi. Bunda SRB, ASLO, RF usullari qo`llaniladi.