Ultratovush tekshiruvlari

Ultratovush tekshiruvlari

Ultratovush tekshiruvi bu (UTT)- organlar va to’qimalarni ultratovush to’lqinlari yordamida tekshirishdir. Maxsus ultratovush qabul qiluvchi qurilma bu o’zgarishlarni grafik tasvirlarga aylantirib yozib boradi. Bu tasvirlar monitor yoki maxsus fotoqog’ozda aks etishi mumkin.

 UTTni bemorni kuzatishning bir necha oydan tortib yillargacha butun muddati davomida ko’p marta qo’llash mumkin. Bundan tashqari, agar klinik vaziyat taqozo qilsa tekshiruvni bir kun davomida bir necha marta amalga oshirish mumkin.