Limfodrenaj

Limfodrenaj

 Limfodrenaj bu- limfa oqimi va venalarda qon aylanishining tiklanishiga ko’maklashadi.

 Limfodrenaj amalga oshirilganda limfa tizimga faol ta’sir ko’rsatiladi va buning natijasida mushaklar bo’shashadi, tomirlar kengayadi, limfa bir tekis harakatlana va butun organizm bo’ylab tarqala boshlaydi.

 Insonning umumiy ahvolini, hamda, uning tashqi ko’rinishini yaxshilashga yordam berishi mumkin bo’lgan muolajalardan biri limfodrenaj hisoblanadi. Uning asosida organizm to’qimalaridagi hujayralararo bo’shliqlardan ortiqcha suyuqlikni chiqarib yuborish yotadi. Bunday suyuqlikning to’planishi limfatik tizim funksiyasining buzilishi natijasida yuzaga keladi. Surunkali kasalliklar, stress, turmush tarzi, ekologiya- bularning bari inson organizmi tizimlari va barcha organlari faoliyatiga ta’sir ko’rsatuvchi faktorlardir. Ma’lum buzilishlar natijasida limfa limfatik tomirlar bo’ylab sekin harakatlana boshlaydi va ularda turib qoladi, oqibatda intoksikatsiya-zaharlanish yuzaga keladi. To’qimalarning limfaga to’lishi tashqi ko’rinishda aks etadi: teri avvalgi taranglikni yo’qotadi, so’liydi, sellyulit yuzaga keladi. Limfodrenaj muolajalari shlak va toksinlardan xalos bo’lish imkonini beradi.